Pochettino: "APLni sog'indim va bir kun u erga qaytaman"

Maurisio Pochettino kelajakda APLdagi faoliyatiga qaytish istagini bildirdi.
"Premer-liga - dunyodagi eng yaxshi liga. Albatta, uni sog'indim. AQShda juda baxtliman, lekin bir kun kelib Premer-ligaga qaytaman deb o'ylayman. Bu eng yuqori darajadagi raqobatbardoshlikka ega liga.
O'ylashimcha, biz "Tottenxem" bilan top sovrinni qo'lga kiritishga juda yaqin edik, unga deyarli tegindik. Men aynan shunga erishishni istardim", - dedi AQSh terma jamoasi ustozi.