Plettenberg Klopp va Germaniya futbol ittifoqi o'rtasidagi muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) Yurgen Kloppni milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash bo'yicha muzokaralarni boshladi, deb xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg. DFB prezidenti Bernd Noyendorf Yurgen Klopp futbol tizimi rahbari lavozimida ishlayotgan «Red Bull» kompaniyasi rahbariyati bilan ilk telefon muloqotlarini o'tkazdi, muhokamalar davom etmoqda.
Hozirgi vaqtda Germaniya futbol ittifoqi (DFB) va Avstriya kontserni o'rtasida Kloppning ketishi bo'yicha kelishuvga erishilmagan. Muzokaralar yana bir necha kun davom etishi kutilmoqda, chunki «Red Bull» aktsiyadorlari mutaxassisning amaldagi shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgani uchun pul tovoni to'lanishini talab qilishmoqda.
Kelgusi hafta Nyu-Yorkda Yurgen Kloppning o'zi, uning agenti Mark Kositske, shuningdek, Bernd Noyendorf va Xans-Yoaxim Vattskedan iborat DFB delegatsiyasi ishtirokida ilk yuzma-yuz uchrashuv rejalashtirilgan. Unda «Red Bull» top-menejerlari ham qatnashishi mumkin. Qayd etilishicha, Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarish istagini allaqachon tasdiqlagan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar