Platini Oliseni o'zining «vorisi» sifatida ko'rmoqda

Maykl Olisening sehrli o'yini barchani, shu jumladan, frantsuz futbolining sobiq superyulduzi Mishel Platinini ham hayratda qoldirmoqda. U ayni damda Evropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib turgan o'yinchining harakatlari haqida to'lqinlanib gapirdi.
«Unda xuddi mening davrimdagidek haqiqiy “o'ninchi raqam” (pleymeyker) bo'lish uchun hamma narsa bor. Zamonaviy futbolda vaziyat biroz boshqacha, “o'nliklar” odatda qanotlardan harakat qilishadi. Biroq Dide Desham o'ninchi raqamga maydondagi haqiqiy joyini qaytarib bergani bilan Frantsiya terma jamoasi tarixiga kiradi», — deya Mishel Platinining so'zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o'tamiz, klub darajasida Olise ayni paytda Myunxenning «Bavariya» klubi sharafini himoya qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar