Pirs Morgan Krishtianu Ronaldu bilan yangi suhbatiga jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bildirilganini ta'kidladi.

Jurnalist avvalroq Portugaliya terma jamoasi va «An-Nasr» hujumchisi bilan «eng ochiq» intervyuni e'lon qilgan edi.

«Ronaldu bilan yangi intervyum haqidagi e'lon X va Instagram sahifalarimizda jami 51 million ko'rishlar to'pladi. Barchasi atigi 24 soat ichida!

Shuning uchun u eng buyukdir», — deb yozdi Morgan.