Taniqli teleboshlovchi va «Arsenal» muxlisi Pirs Morganning fikricha, Xvicha Kvaratsxeliyaning xarid qilinishi londonliklarga jahon futbolida yaqqol ustunlik qilish imkonini beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Pirs Morgandan: «Arsenal» kelajakda jahon futbolida hukmronlik qilishi uchun yozgi transferlar oynasida qaysi futbolchini olib kelishni istardingiz?» — deb so'rashdi.

Jurnalist esa bu savolga qisqa va lo'nda: «Xvicha Kvaratsxeliya», — deya javob berdi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli vinger joriy mavsumda «PSJ» safida barcha turnirlarda 47 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.