Pirloning haqligi isbotlandi: Ambrozini Rabo haqidagi fikrini o'zgartirdi

Italiyaning "Milan" klubi sobiq sardori Massimo Ambrozini Adrien Rabo Turinning "Yuventus" jamoasida o'ynab yurgan kezlarida unga nisbatan katta shubhalari bo'lganini tan oldi.
"Rabo "Yuventus"da o'ynagan vaqtlarida u borasida juda katta ikkilanishlarim bor edi. Pirlo esa uni doimo tarkibga qo'yardi. Men undan: "Nima uchun? Rabo o'yinni buzyapti-ku", deb so'rardim. U bo'lsa har safar: "Rabo — kuchli futbolchi", deya javob berardi. Hozir u o'ziga bo'lgan ishonchni oshirdi va maydonda harakat qilayotganda, xuddi boshqalardan ko'ra kamroq charchayotgandek taassurot qoldirmoqda", — deya Ambrozinining so'zlarini keltirmoqda "pianetamilan.it".
Eslatib o'tamiz, Adrien Rabo o'tgan yili "Milan" safiga ko'chib o'tgan edi.