Stefano Pioli navbatdagi Jahon chempionatini ham o'tkazib yuboradigan Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga potentsial nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda. Bu haqda Italiyaning La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Piolining «Fiorentina»dagi oxirgi murabbiylik tajribasi muvaffaqiyatsiz chiqqan bo'lsa-da, uning «Milan»dagi besh yillik tsikli davomida qo'lga kiritgan 2022 yilgi Skudettosi hali unutilgani yo'q.

Yakuniy qaror may oyining uchinchi o'n kunligida bo'lib o'tadigan Italiya futbol federatsiyasining yangi prezidenti saylovidan so'ng qabul qilinadi.

Italiya terma jamoasi ustozligiga nomzodlar qatorida quyidagi mutaxassislar ham bor: Roberto Manchini, Massimiliano Allegri, Antonio Konte.

Biroq, Piolidan farqli o'laroq, yuqoridagi murabbiylarning barchasi ayni damda klublar bilan amaldagi shartnomalarga ega. Pioli esa erkin agent bo'lib turgani uning imkoniyatlarini oshirishi mumkin.