Pino: «Bu oltinchi yirik finalim bo'lsa-da, hech qachon bunchalik hayajonlanmaganman»

«Kristal Pelas» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Yeremi Pino UEFA Konferentsiyalar ligasi finali doirasidagi «Rayo Valekano»ga qarshi o'yin oldidan o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
«Angliyada "Rayo Valekano" haqida nima deb o'ylashlarini bilmayman, lekin men bu jamoaga qarshi ko'p marta o'ynaganman va ular haqida etarlicha ma'lumotga egaman. Final oldidan hayajon juda kuchli. Menda katta tajriba bor — bu faoliyatimdagi oltinchi yirik final, lekin ilgari hech qachon bunchalik hayajonni his qilmaganman. Bu juda muhim sovrin va uni qo'lga kiritish uchun bor kuchimizni ishga solamiz», — dedi Pino UEFA rasmiy saytiga.
Ma'lumot uchun, «Kristal Pelas» va «Rayo Valekano» o'rtasidagi hal qiluvchi bahs bugun, 27 may kuni Leyptsigdagi «Red Bull Arena»da bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi.