Pikford APLda mavsumning eng yaxshi seyvi muallifiga aylandi (Video)

"Everton" darvozaboni Jordan Pikford Angliya Premer-ligasining yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi seyv muallifi deb topildi. Pikford Premer-liganing 28-turi doirasida "Nyukasl"ga qarshi safarda o'tkazilgan o'yinda "irislar" darvozasini qo'riqlagan edi.
O'sha vaziyatda "qarg'alar" yarim himoyachisi Sandro Tonali Pikford darvozasiga o'rta traektoriya bo'yicha kuchli zarba yo'lladi. Angliya terma jamoasi darvozaboni sakrab, katta tezlikda darvoza tomon kelayotgan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq APLda yakunlangan mavsumning eng yaxshi goli aniqlangani haqida xabar bergan edik. Ushbu gol muallifi "Fulxem" futbolchisi bo'lib, to'p Angliyaning sobiq chempioni – "Liverpul" darvozasiga kiritilgan edi.
An amazing match-winning save for @Everton in the 94th minute ????
— Premier League (@premierleague) May 29, 2026
Jordan Pickford wins Coca-Cola save of the Season for his stop against Newcastle ???? pic.twitter.com/qwD9KxFEXb