Pikford Angliya terma jamoasining barcha davrlardagi rekordini o'rnatdi

"Everton" posboni Jordan Pikford Angliya terma jamoasi rekordchisiga aylandi.
"Irislar"ning 31 yoshli vakili Angliya terma jamoasiga Uels bilan o'rtoqlik uchrashuvida quruq g'alabani qo'lga kiritishga yordam berdi (3:0). Opta xabariga ko'ra, Pikford Angliya terma jamoasi tarixida ketma-ket sakkizta to'liq o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan ilk darvozabonga aylandi. Rekord seriya o'tgan yilning noyabr oyida boshlangan, o'shanda inglizlar Millatlar Ligasi doirasida Gretsiyani 3:0 hisobida mag'lub etgandi.
Bugungi Uelsga qarshi o'yin Jordan Pikford uchun "uch sherlar" safidagi 79-o'yin bo'ldi. Kiperning debyuti 2017 yilning kuzida Germaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida (0:0) bo'lgan.