Petkovich Jazoir terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Jazoir terma jamoasi bosh murabbiyi Vladimir Petkovich shartnomasini 2028 yilning 31 iyuliga qadar uzaytirdi.
Shveytsariyalik mutaxassis “yashillar”ni 2024 yilning fevral oyida qabul qilib olgandi. Uning qo'l ostida jazoirliklar JCh-2026ga osonlik bilan yo'llanma oldi va Afrika Millatlar Kubogining chorak finaliga qadar etib bordi.
Jazoir terma jamoasi JCh-2026ni 17 iyun kuni Argentinaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. So'ngra jazoirliklar guruh bosqichida Iordaniya (23 iyun) va Avstriya (28 iyun) bilan o'ynaydi.
Manba: www.euro-football.ru