Peti: "U Messidan o'zib ketishi mumkin"

"Barselona"ning sobiq yarimhimoyachisi Emanuel Peti hozirda yosh iste'dodlardan qaysi biri uni ko'proq hayratga solayotganini aytdi.
"Menimcha, Lamin Yamal Lionel Messini ortda qoldira oladi. Unda alohida motivatsiya bo'ladi, chunki u "Barselona"da 10-raqamda o'ynaydi va 18 yoshidayoq "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga intilmoqda. U juda yosh bo'lishiga qaramay, maydonda ancha etuk o'yin namoyish etmoqda, go'yoki u 28 yoshda", dedi Peti.
Joriy mavsumda Lamin Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.