Faxriy futbolchining fikricha, Mbappe Chempionlar ligasidan chiqib ketish uchun javobgardir.

Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Emmanuel Peti Madridning "Real" klubi oxirgi natijalariga izoh berdi. Shu haftada "qaymoqranglilar" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Bavariya"ga imkoniyatni boy berib, Chempionlar ligasini tark etishdi. Petining hisoblashicha, bunda ko'p jihatdan jamoaga kelishi bilan muhitni sezilarli darajada o'zgartirib yuborgan Mbappe aybdor.

"Bu nafaqat Mbappening aybi, lekin uning kelishi kiyinish xonasini xudbinlikka to'ldirib yubordi. Bu — fiasko", — dedi Peti RMC Sport nashriga.

Kilian Mbappe 2024 yilda "PSJ"dan "Real"ga o'tgan edi. Frantsuz madridliklar bilan birga UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokda g'olib chiqdi.