Peti: «Real»da klub darajasiga mos bo'lmagan futbolchilar bor»

Frantsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti «Real Madrid»ning ayrim futbolchilari klub darajasiga javob bermasligini ta'kidladi.
«Real» Chempionlar ligasi chorak finalida «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib (umumiy hisob 4:6), musobaqani tark etganidan so'ng Peti shunday dedi:
«Tarkibda «Real»da o'ynashga loyiq bo'lmagan futbolchilar bor. Bunday muhim o'yinlarda g'alaba qozonish uchun jamoaga o'zgarishlar kerak».