Peti: «Mbappe, Olise va Dembele «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishi mumkin»

Frantsiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Emmanuel Petining hisoblashicha, bir yo'la uch nafar frantsiyalik futbolchi «Oltin to'p» sovriniga da'vogarlik qilishga qodir.
«Menimcha, bizda potentsial "Oltin to'p" sohibi bor. Hozirda Frantsiya terma jamoasida ushbu sovrinni yutish imkoniyatiga ega uch nafar futbolchi to'p surmoqda: Kilian Mbappe, Usman Dembele va Maykl Olise.
Hamma Mbappe va Olisening ajoyib tandemi haqida gapiryapti, lekin siz juda muhim bir o'yinchini — Dembeleni unutib qo'yyapsiz. Uning hisobida ham to'rtta gol va ikkita golli uzatma bor, u shunchaki fenomenal», — dedi Peti.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar