Eronning "Persepolis" klubi hamyurtimiz Oston O'runov bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Uzbekistan Legionaries xabariga ko'ra, eronliklar 24 yoshli vingerimizga shartnomani yaxshilangan shartlarda yana 2 yilga uzaytirish taklifini bergan. Yangi taklifda maosh miqdori yiliga 800 ming evro atrofida bo'lishi aytilgan.

O'runov 2024 yilda Eronga ko'chib o'tgan. U tehronliklar safida jami 49 ta o'yinda 12 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.