Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Ivan Perishich JCh–2026 1/16 finalidan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi uchrashuvda (1:2) o'z nomi bilan tarixga kirdi.

Uchrashuvning 53-daqiqasida Perishich hisobni ochdi. U jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib, chap oyog'ida aniq zarba yo'lladi.

Shu tariqa, Perishich jahon chempionatlari doirasida Xorvatiya terma jamoasi safida ettinchi golini urdi va milliy jamoa rekordini yangiladi. U 1998 yilgi mundialda oltita gol urgan Davor Shukerni ortda qoldirdi.

Perishich ishtirok etgan to'rtta jahon chempionatining barchasida gol urgan:

- JCh–2014 — 2 gol;
- JCh–2018 — 3 gol;
- JCh–2022 — 1 gol;
- JCh–2026 — 1 gol.

Xorvatiya terma jamoasining jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida uchinchi o'rinni beshta gol bilan Mario Manjukich egallab turibdi.

Manba: Stadion.uz