"Vulverxempton Uonderers" rahbariyati yaqinda ishdan bo'shatilgan Vitor Pereyra o'rniga yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. 

ESPN xabariga ko'ra, portugaliyalik murabbiy Rui Vitoriya "bo'rilar" lavozimiga nomzodlar qatorida.

U sentyabr oyida Gretsiyaning "Panatinaikos" klubidan iste'foga chiqarilgan edi.  55 yoshli mutaxassis avval "Benfika", Saudiya Arabistonining "An-Nasr", Misr terma jamoasi va boshqa jamoalarni ham boshqargan.