Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Maykl Olise yaqin kelajakda jamoa safiga qo'shilishi kerakligiga amin.

Turli mish-mishlarga ko'ra, frantsuz futbolchisi allaqachon shu yoz «Bavariya»ni «qaymoqranglilar» uchun tark etishga tayyor. Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, Peres ushbu transfer g'oyasiga berilib ketgan va 24 yoshli futbolchi klubga juda mos keladi deb hisoblaydi. Florentino atrofdagilarni Olise «Real»da o'ynash uchun tug'ilganiga ishontirmoqda.

«Bavariya» esa haligacha o'z yulduzini sotishni istamayapti. «Real» ushbu bitimni amalga oshirish uchun rekord darajadagi mablag' sarflashiga to'g'ri kelishi taxmin qilinmoqda. Transfermarkt saytida futbolchining narxi 150 million evro deb ko'rsatilgan.

Manba: Stadion.uz