"Zenit"ning 19 yoshli vingeri Pedroga "Tottenxem" va "Nyukasl" klublari qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "Sport-Ekspress".

Biroq, hozircha Sankt-Peterburg klubiga hech qanday rasmiy taklif bo'lmadi.

Shuningdek, Saudiya Arabistonining bir necha klublari ham futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

Oktyabr oyidan beri braziliyalikning ishlarini Bertolucci Sports - braziliyalik agent Juliano Bertoluchchining kompaniyasi olib bormoqda, u Mateus Kunyaning transferini "Manchester Yunayted"ga amalga oshirgan.

Pedro bu mavsumda RPLda 14 ta o'yinda 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.