Pep o'z kelajagi borasidagi gap-so'zlarga to'xtaldi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o'zining kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Gvardiolaning amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Avvalroq, Xosep shu yozdayoq klubni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
— Klub rahbariyati ushbu mavsum yakunida nima qilishingizdan xabardormi?
— Yo'q, chunki shartnomam bo'yicha yana bir yil bor. Men bunday savolga ikki oy oldin javob bergan edim, — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Xosep Gvardiola 2016 yilning yozidan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. "Shaharliklar" navbatdagi o'yinini 8 fevral kuni safarda "Liverpul"ga qarshi o'tkazadi.