"Manchester Siti" "Borussiya Dortmund" yarim himoyachisi Feliks Nmechani qayta sotib olish istagida.

U hozirda "Lids Yunayted" sharafini himoya qilayotgan Lukas Nmechaning ukasidir.

25 yoshli futbolchi bundan besh yil avval Premer-ligada birorta ham o'yin o'tkazmasdan "Siti"ni tark etgan edi, biroq endi Pep Gvardiola uni jamoasida ko'rishni xohlamoqda.

Futbolchining transfer qiymati taxminan 60 million funt sterlingga baholanmoqda.