«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum yakunida turnir motivatsiyasini yo'qotgan raqiblarga qarshi o'yinlar haqidagi savolga javob berdi. Bugun «shaharliklar» o'z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qiladi.

Oliver Glasner shogirdlari APLda hech qanday turnir vazifasini bajarmayapti — jamoa bor e'tiborini ikki haftadan so'ng «Rayo Valekano»ga qarshi bo'lib o'tadigan Konferentsiyalar ligasi finaliga qaratgan. Shu sababli jurnalistlar Gvardioladan «liga so'nggi turlarda asosiy tarkibni tushirmayotgan jamoalarga qarshi chora ko'rishi kerakmi?» deb so'rashdi.

«Murabbiylar nimani to'g'ri deb hisoblasa, shuni qilishsin. Liga bu ishlarga qanchalik kam aralashsa, hammamiz uchun shunchalik yaxshi bo'ladi. Glasner va boshqa murabbiylarni tinch qo'ying. Bu erda hech qanday muammo yo'q», — deya iqtibos keltiradi City Report ispaniyalik mutaxassisning so'zlaridan.

Ma'lumot uchun, agar «Manchester Siti» bugun «Kristal Pelas»ni mag'lub etsa, peshqadam «Arsenal» bilan o'rtadagi farqni ikki ochkogacha qisqartiradi.