Pep Gvardiola «Manchester Siti»dan ketishi yuzasidan fikr bildirdi

Xosep Gvardiola «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimini tark etish haqidagi qarorini izohladi. Bugun klub mavsum yakunida mutaxassis iste'foga chiqishini rasman e'lon qildi. Gvardiolaning so'zlariga ko'ra, u ketish vaqti kelganini anglab etgan.
«Mendan ketishimning sabablari haqida so'ramang. Aniq bir sabab yo'q, ammo qalbimning tubida bu mening vaqtim kelganini bilaman. Hech narsa abadiy emas, agar shunday bo'lganida, men hali ham shu erda bo'lardim. Abadiy qoladigan narsalar — bu hissiyotlar, odamlar, xotiralar va mening «Manchester Siti»ga bo'lgan muhabbatimdir... Xonimlar va janoblar, ishonchingiz uchun rahmat. Meni oldinga chorlaganingiz uchun rahmat. Menga ko'rsatgan mehringiz uchun rahmat... Bu juda ajoyib sarguzasht edi. Barchangizni sevaman», — deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi «Manchester Siti» rasmiy sayti.
Xosep Gvardiola 2016 yildan buyon «Manchester Siti» bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning boshchiligida jamoa 20 ta sovrinni qo'lga kiritdi.