Pep Gvardiola EChLdagi o'yinlar soni bo'yicha Aleks Fergyusonga etib oldi

Pep Gvardiola bosh murabbiy sifatida Chempionlar ligasida o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha Aleks Fergyuson bilan ikkinchi o'rinni bo'lishib oldi.
«Real»ga qarshi bahs ispaniyalik mutaxassis uchun ushbu turnirdagi 190-o'yin bo'ldi. Shu tariqa, u «Manchester Yunayted» bilan ishlagan shotlandiyalik murabbiyning natijasini takrorladi.
Bu borada faqat madridliklar sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti oldinda — uning hisobida 218 ta o'yin mavjud.