"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yangi formatda Chempionlar ligasi darajasi avvalgiga qaraganda ancha yuqori bo'lganini aytdi.

U "Budyo-Glimt"ning turnir pley-off bosqichiga chiqishi va Madridning "Real" klubi "Benfika"ga 2:4 hisobida mag'lub bo'lganini misol qilib keltirdi.

"Bu barcha jamoalar uchun haqiqiy amerikacha arg'imchoq edi. Chempionlar ligasi bir necha yil oldingidek emas. Bu erda hozir barchasi juda, juda qiyin," - deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

U o'z jamoasi 1/8 final javob bahsini o'z maydonida o'tkazishidan mamnunligini bildirdi.