Pep Gvardiola qo'l ostidagi «Manchester Siti» Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Real»ga ikki bor (1:2, 0:3) imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, ispaniyalik mutaxassis o'z murabbiylik faoliyati davomida EChL pley-off bosqichidagi to'qnashuvlarning har ikkala o'yinida ham 4-marta mag'lubiyatga uchradi. E'tiborlisi, ushbu holatlarning uchtasida raqib aynan Madridning «Real» klubi bo'lgan.