Pep Gvardiola Abduqodir Husanovning holati haqida ma'lumot berdi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Liverpul"ga qarshi o'yinda Donnarumma bilan to'qnashuvdan keyin zaxiraga olingan Abduqodir Husanovning holati haqida ma'lumot berdi.
"Shaharliklar" 11 fevral kuni "Fulxem"ni qabul qiladi.
“Ha, u tayyor. Ha, yaxshi holatda [o'ynashga tayyor].”
(Husanovning ingliz tilisi haqida): “To'g'ri, u hali Uilyam Shekspirdek gapira olmaydi, tan olaman lekin tobora yaxshilanyapti. U nima kerakligini, nima demoqchi ekanligimizni tushunadi va yaxshilanib bormoqda. U juda aqlli. Jismoniy tayyorgarligi ham zo'r — kuchli, tez va har doim to'g'ri pozitsiyani topadi", - dedi Gvardiola.