Pellegrino Mataratstso — Evropa top-ligalarida sovrin yutgan ilk amerikalik murabbiy

«Real Sosedad» bosh murabbiyi Pellegrino Mataratstso o'z jamoasi bilan Ispaniya Kubogida zafar quchgach, Evropa va Amerika futboli tarixidan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, turnir finalida «Sosedad» penaltilar seriyasida Madridning «Atletiko» klubini mag'lub etdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.
Shu tariqa, Mataratstso Evropaning top-5 ligalariga kiruvchi jamoa bilan bosh murabbiy sifatida sovrin qo'lga kiritgan tarixdagi ilk AQShlik mutaxassisga aylandi.