Pellegrini: "Uyda bir ochko yomon, lekin bu holatda bu yaxshi natija deb hisoblayman"

"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Evropa Ligasi umumiy bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Nottingem"ga (2:2) qarshi bahsda o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Tanaffusda futbolchilar bilan gaplashdik va hisobdagi farq atigi 1ta ekanligini, to'pni olib qo'yishda agressivroq bo'lishimiz kerakligini aytdik. "Nottingem" - Evropa Ligasining eng yaxshi jamoalaridan biri. O'z uyingda o'ynaganingda bir ochko yomon, ammo bu holatda bu yaxshi natija deb hisoblayman," - deya Pellegrinining so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.