Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches mamlakat terma jamoasini 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatidagi g'alabasi bilan tabrikladi.

«Biz jahon chempionlarimiz! Bizda ajoyib terma jamoa bor! Rahmat, jamoa», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.

JCh-2026 finalida Ispaniya Argentina ustidan g'alaba qozondi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi. Yagona golni 106-daqiqada Torres kiritdi.

Ispaniya jahon chempionatida kamida ikki marta g'olib chiqqan ettinchi terma jamoaga aylandi.

Manba: Stadion.uz