Pedrining tiklanish jarayoni haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi

"Barselona" yarim himoyachisi Pedrining tiklanish jarayoni haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Jijantes FC’ning ta'kidlashicha, hammasi rejadagidek ketmoqda. Xavbek allaqachon maydonda mashg'ulotlarga kirishgan. Taxminan bir oydan so'ng u umumiy guruhga qaytishi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 23 yoshli Pedri barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va sakkizta golga assistentlik qildi.