"Barselona" etakchilaridan biri Pedri jarohati sabab dekabr oyi o'rtalariga qadar safdan chiqdi.

Mundo Deportivo nashrining yozishicha, Frenki de Yong yaqin o'yinlarda Pedrining o'rnida harakat qiladi. Shu sababli, "ko'k-anorranglilar" tarkibida markaziy tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasi uchun uch nafar futbolchi raqobatlashadi. Ular: Mark Kasado, Erik Garsiya va Tomi Markes (akademiya tarbiyalanuvchisi).

Bugun "Barsa" La Liga 11-turida "Elche"ni qabul qiladi. O'yin 22:30 da start oladi.