"Barselona" yarim himoyachisi Pedri "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulzning uni Xavi va Inestaga o'xshatganiga munosabat bildirdi.

"Futbol afsonasi sizni maqtasa yoki bolaligingizdan havas qilgan buyuk futbolchilarga qiyoslasa, bu ajoyib.

Albatta, men buni motivatsiya sifatida qabul qilaman. Bilaman, Xavi va Inestaga o'xshash qiyin, chunki ularning yillar davomida ko'rsatgan saviyasi haqiqatan ham hayratlanarli edi", - deydi Pedri.