"Pedri va Vitinyada ham bunday xususiyat yo'q": Belsa Valverdening universalligini yuqori baholadi

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsa yarim himoyachi Federiko Valverdening kuchli tomonlari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
27 yoshli futbolchi muntazam ravishda gol urishni boshladi — uning Madridning «Real» klubi va milliy terma jamoa safidagi oxirgi 7 ta o'yinida 7 ta goli bor.
«Valverde o'z pozitsiyasidagi barcha futbolchilardan farq qiladi. U yarim himoyaning istalgan nuqtasida o'ynay oladi, himoyaning o'ng qanotida tajribaga ega, so'nggi vaqtlarda esa hujum qanotida o'ynab hammaning e'tiborini tortdi. Odatda u o'ng qanotdan xavf soladi, lekin biz uning chap qanot bo'ylab yorib kirishlarini ham ko'rganmiz. Hatto Pedri va Vitinya kabi o'yinchilar ham Fededagi kabi ko'p qirralilikka ega emas — aynan shu xususiyat uni boshqalardan ajratib turadi. Shubhasiz, u dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kiradi», — dedi Belsa matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, seshanba kuni urugvayliklar Jazoir terma jamoasi bilan durang o'ynashdi (0:0).