"Barselona" yarim himoyachisi Pedri jamoa tarkibiga hujumchi Lionel Messi kelishini istamoqda.

"Albatta Messining "Barselona"ga qaytishini istardim, hech qanday shubha yo'q. U tarixdagi eng yaxshisi va biz birga harakat qilgan o'sha yili u menga katta yordam berdi.

Messining o'tgan oy "Kamp Nou"ga tashrifi? Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardan bilib oldim. Buni sezmaslik qiyin edi. Afsuski, biz muloqot qila olmadik," - dedi Pedri Esquire nashriga bergan intervyusida.

Lionel Messi 2021 yilning yozida "Barselona"ni tark etgandi. Ayni damda argentinalik "Inter Mayami" sharafini MLSda himoya qilmoqda. Messi faoliyati davomida 8 marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan.