Pedri: «Men «Barselona»ni hech qaysi boshqa klubga almashmayman»

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri o'z kelajagi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men «Barselona»ni hech qachon boshqa klubga alishtirmayman. Kimni xohlasam eshitishim mumkin, lekin men uchun «Barselona» — dunyoning eng yaxshi klubi. Bu jamoada o'ynash mening bolalikdagi orzuim edi va hozir ketmoqchi emasman», — deya Pedrining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Barca Universal.
Pedri 2019 yilda «Las-Palmas»dan 23 million evro evaziga «Barselona»ga o'tgan edi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.