Pedri jarohatidan deyarli tiklandi

Pedri yakshanba kuniyoq maydonga qaytishi mumkin.
AS xabariga ko'ra, yarim himoyachi "Levante"ga qarshi o'yin oxirida taxminan 15 daqiqaga maydonga tushishi kutilmoqda. Bir haftadan keyin "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda u asosiy tarkibda maydonga tushishi va taxminan bir soat o'ynashi mumkin. Ispaniya Kubogida "Atletiko"ga qarshi o'yinni (3 mart) xavbek to'liq o'tkazishga tayyor bo'lishi kerak.
Pedri so'nggi marta 21 yanvar kuni o'ynagan. U sonidan olgan jarohati tufayli bir oyni o'tkazib yubordi.