Pedri: "Doimiy ravishda o'ynaganimda o'zimni yaxshiroq his qilaman"

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri doimiy ravishda maydonga tushish unga huzur bag'ishlashini tan oldi.
"O'yinlar orasida uzoq tanaffuslarsiz, muntazam va to'xtovsiz o'ynaganimda o'zimni yaxshiroq his qilaman", — deya Pedrining so'zlarini keltiradi Barça Universal nashri.
Joriy mavsumda 23 yoshli Pedri barcha turnirlarni inobatga olgan holda 35 ta o'yinda maydonga tushdi. U o'z hisobiga ikkita gol va o'nta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.