Pedri "Chelsi"ga qarshi o'yinni ham o'tkazib yuboradi

"Barselona" markaziy yarim himoyachisi Pedri jamoaning EChLdagi muhim o'yinida ishtirok etmaydi.
Sport xabariga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik xavbek "Chelsi"ga qarshi o'yinga qadar (26 noyabr) mushaklaridan olgan jarohatini davolashga ulgurmaydi.
Avvalroq, u 22 noyabrga belgilangan "Atletik Bilbao" bilan o'yinda ham ishtirok etmasligi ma'lum bo'lgandi.