Pedri: «Bunga onam ruxsat bermaydi»

"Barselona" xavbeki Pedri jamoa bilan Chempionlar ligasida zafar quchishi haqida gapirdi.
Kataloniya grandi 2015 yildan beri turnirda g'olib chiqmagan.
"Men sochimni kal qilib oldirmayman va tatuirovka ham chizdirmayman - onam ruxsat bermaydi. Chempionlar Ligasida g'alaba qozongan taqdirimizda nima va'da bera olishimni bilmayman. Faqat bir narsani aniq ayta olaman: biz va jamoadoshlarim buning uchun jonimizni berishga tayyormiz," - deydi intervyuda 22 yoshli futbolchi.
Xans-Diter Flick jamoasi to'rt turdan so'ng ettita ochko bilan umumiy turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi. 25 noyabr kuni kataloniyaliklar Londonda "Chelsi"ga qarshi maydonga tushadi.