"Barselona" yarim himoyachisi Pedri klubdan mukofot oldi.

23 yoshli ispaniyalik futbolchiga Kataloniya klubi futbolchilar uyushmasi tomonidan "Barsa o'yinchilari mukofoti" topshirildi. U ilgari ushbu mukofotni 2022 yilda olgan edi.

Ushbu mukofot "Barsa" futbolchilariga "klubga sodiqligi, shuningdek, muxlislar, raqib jamoalar va hakamlarga hurmati" uchun beriladi.