Frantsiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Benua Pedretti hamyurti Usmon Dembelening “Oltin to'p” uchun ovoz berishdagi g'alabasini yaxshi yangilik deb hisoblaydi. 

"Bu frantsuz futboli va bizning ligamiz uchun juda yaxshi yangilik. Menimcha, u juda yuqori saviyada.

Frantsiya klubida to'p tepayotgan frantsuz futbolchisi uchun "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish juda katta ahamiyatga ega, chunki bu kamdan-kam uchraydigan holat.

Buni amalga oshirgan oxirgi frantsuz futbolchisi "Real"da o'ynagan Benzema bo'ldi", - dedi Pedretti.