«Paxtakor» Hojiakbar Alijonov bilan shartnomani uzaytirdi

"Paxtakor" o'z tarbiyalanuvchisi Hojiakbar Alijonov bilan kelishuvini 2027 yil oxiriga qadar uzaytirganini e'lon qildi.
2018 yildan beri jamoa asosiy tarkibida o'ynab kelayotgan himoyachi Superligada 166 o'yinda 8 gol urishga erishgan.
"Paxtakor" tarkibida barcha musobaqalarda 234 uchrashuvda ishtirok etib, 11 to'p kiritgan. Hozirgacha Hojiakbar jamoa bilan 5 marta O'zbekiston chempionati, 3 bor O'zbekiston Kubogi, 2 marta Superkubok hamda bir bor Liga Kubogida zafar quchgan.