"Paxtakor" himoyachisi Muhammadrasul Abdumajidov Belgiyaning "Standard" klubi klubi a'zosiga aylanishi kutilayotgandi.

O'zbekiston U23 terma jamoasi safida Bishkekdagi saralash bosqichining 2 ta o'yinida ishtirok etgan 21 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish Belgiyaga yo'l oldi. U kecha tibbiy ko'rikdan o'tgan, ammo ko'rik natijalari "Standard" shifokorlar shtabiga ma'qul kelmagan.

Shu bois, 190 sm. bo'yga ega bo'lgan Abdumajidovning Belgiya klubiga transferi amalga oshmaydigan bo'ldi.

Manba: stadion.uz