Toshkentning "Paxtakor" klubi qanot yarim himoyachisi Umar Adxamzoda o'zining Instagram sahifasida jamoadan ketganini ma'lum qildi.

U 2 yillik faoliyatidan so'ng erkin agentga aylandi.

«2 yillik mehnatimga rozi bo'linglar. Ajoyib atmosfera uchun, hurmat uchun, e'tibor uchun rahmat, «Paxtakor». Ko'rishguncha», - deb yozgan 27 yoshli futbolchi.

Manba: www.stadion.uz.