"Paxtakor" barqarorlik reytingiga ko'ra 2025 yilning eng yaxshi klubi. "Nasaf" va "Dinamo" kuchli uchlikdan o'rin oldi

Superliga reglamentining 3.4-bandida Liga o'z musobaqalarida ishtirok etayotgan klublarning barqarorlik reytingini shakllantirib borishi va bu qanday tartibda amalga oshirilishi tavsiflangan.
Barqarorlik reytingi klubning tuzilma sifatida rivojlanishi va uning tarkibidagi barcha jamoalarning Liga shafeligidagi musobaqalardagi ishtirokini baholash uchun qo'llaniladi.
Joriy yilgi reyting bo'yicha "Paxtakor" klubi yaqqol etakchilikni qo'lga kiritdi. "Nasaf" va "Dinamo" klublari esa kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Liga reglamentda ko'rsatib o'tilgan tartibda so'nggi besh yillikdagi natijalarni hisoblab chiqadi va barqarorlik reytingining to'liq shakli tez orada e'lon qilinadi.
