Pavarning turmush o'rtog'i uyiga qilingan o'g'irlikning oldini oldi

Hayotda sodir bo'lgan tushkun voqea baxtli yakun topdi: Benjamen Pavarning turmush o'rtog'i Kleofina Pnishi Marseldagi o'z uylariga qilingan o'g'irlik urinishining oldini olishga muvaffaq bo'ldi.
Uyga qaytgan ayol bino yaqinida shubhali harakat qilayotgan va yomon niyatda ekani ko'rinib turgan kamida besh kishini payqab qoldi. Kleofina tezda uyga kirib, eshikni qulflashga va politsiyani chaqirishga ulgurdi.
Jinoyatchilar qochishga urinishdi, ammo kech qolishdi — politsiya tezkorlik bilan etib keldi va ular yashirinmoqchi bo'lgan «Mercedes» rusumli avtomobilni to'xtatdi. Frantsuz nashri Le Parisien xabar berishicha, 25-26 yoshlardagi barcha jinoyatchilar hozirda hibsga olingan.