Londonning "Arsenal" klubi markaziy himoyachisi Vilyam Saliba sentyabr oyidagi o'yinlarda Frantsiya terma jamoasiga yordam bermaydi.

24 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo'lib o'tgan Premer-liga doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin boshidayoq jarohat olib, 5-daqiqada zaxiraga olingandi. Frantsiya terma jamoasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, "uch ranglilar" Salibani qaydnomadan chiqarishga majbur bo'ldi - uning o'rnini Milanning "Inter" klubi a'zosi Benjamen Pavar egalladi.

Qayd etilishicha, "kanonirlar" vakilida to'piq bo'g'imi paylarining cho'zilishi aniqlangan.