Pauleta: «PSJ»ning Chempionlar ligasidagi yana bir g'alabasiga umid qilaman»

Frantsiyaning «PSJ» klubi sobiq hujumchisi Pedru Pauleta Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finali oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
«PSJ»ning Chempionlar ligasidagi yana bir g'alabasiga umid qilaman. Ketma-ket ikkinchi bor kubokni qo'lga kiritish juda muhim. Bu aql bovar qilmaydigan yutuq bo'ladi», — deya portugaliyalik sobiq forvardning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
«PSJ» va «Arsenal» o'rtasidagi hal qiluvchi bahs bugun, 30 may kuni Budapeshtdagi stadionda bo'lib o'tadi. Final Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.